RASMIY MUNOSABAT
RASMIY MUNOSABAT: Telegram ijtimoiy tarmogʼida “Xorazm viloyatida yangi qurilgan uylarning liftida
yosh bolalar uch soatdan ortiq vaqt davomida qulflanib qolganlari tanqid qilingan” nomli sarlavhasi bilan
tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Holat yuzasidan viloyat Qurilish va Uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi Urganch shahar bo‘limi,
“Yuksak – kommunal xizmat” MCHJ xodimlari ishtirokida joyida o‘rganib chiqildi. Urganch shahar Yangi obod
mahallasida joylashgan 9 qavatli ko‘p kvartirali uyda o‘rnatilgan lift uskunasidagi kamchiliklar bartaraf qilindi.
Bundan tashqari ushbu uylarda yashovchi aholi tomonidan lift uskunasidan noto‘g’ri foydalanishlari natijasida
nosozliklar ko‘plab yuzaga kelayotganligi va ushbu holatlarni oldini olish maqsadida aholi o‘rtasida kengroq
tushuntirish ishlari olib borildi.