"Korrupsiyani oldini olish va odob-ahloq qoidalariga rioya qilinishini hamda ijro-intizomini muntazam ravishda nazoratga olib borish" yuzasidan yig'ilish
Xorazm viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi boshqarmasida "Korrupsiyani oldini olish va odob-ahloq qoidalariga rioya qilinishini hamda ijro-intizomini muntazam ravishda nazoratga olib borish" yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda viloyat qurilish uy-joy kommunal xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i A.Elamonov so'zga chiqib, ishchi xodimlar o'rtasida korrupsiyani oldini olish va odob-ahloq qoidalariga rioya qilish borasida to'xtaldi. Shuningdek ijro-intizomi bo'yicha mas'ullarga aniq topshiriqlar berdi. Boshqarma ichki audit va komplaens nazorati tuzilmasi rahbari M.Abdullayev boshqarma, tumanlar (shaharlar) qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limlarida "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni talablariga muvofiq xodimlar tomonidan korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralari muntazam ko'rib borilayotgani ta'kidlandi. Bu yuzasidan yig'ilish qarori qabul qilindi.