DIQQAT E'LON!
📆Joriy yilning 24-aprel kuni soat 15-00 da O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Jo'rayeva Ozoda Abduraximovna ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tadi.
📝Sayyor qabul davomida asosiy eʼtibor aholini uy-joy kommunal xo'jaligi sohasi tizimida qiynab kelayotgan muammoli masalalarni aniqlash va ularga yechim topish, aholini roziligini taʼminlash, fuqarolarning uy-joy kommunal xo'jaligi sohasiga boʼlgan ishonchini yanada mustahkamlashga qaratiladi.
📍Manzil: "Urganch shahar Al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali" binosi
📞Ma'lumot uchun telefon: +998(62)-223-15-39