DIQQAT E'LON!
Xurmatli Xorazm viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!
Joriy yilning 14-may kuni Xazorasp tumanida soat 14:00 dan Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi boshqarmasi rahbariyatining Xazorasp tumani aholisi uchun sayyor qabuli tashkil qilinadi.
Sayyor qabul davomida asosiy eʼtibor aholini qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasi tizimida qiynab kelayotgan muammoli masalalarni aniqlash va ularga yechim topish, aholini roziligini taʼminlash, fuqarolarning qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasiga boʼlgan ishonchini yanada mustahkamlashga qaratiladi.
Manzil: "Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi Xazorasp tumani bo'limi" binosi
Ma'lumot uchun telefon: +998(62)-223-12-68