Yoshlar bilan uchrashuv
Davlatimiz rahbari raisligida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashning yangi tizimi joriy qilindi. Unga ko’ra 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlardan kelib chiqib uch toifaga ajratildi. Davlatning e’tibori va ko’magiga muhtoj yoshlarni har bir vazirga, viloyat, shahar va tuman hokimlari, sektor rahbarlari, rektorlar, milliy gvardiya va harbiy qism komandirlari, tashkilot boshqarma boshliqlariga nomma-nom biriktirildi.
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlatirish bo‘yicha viloyat komissiyasining qarori bilan 2024 yilda alohida ishlash talab etiladigan 8 ming 363 nafar yoshlar 426 nafar ijro etuvchi hokimyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy ta’lim tashkilot rahbarlariga nomma-nom biriktirilgan.
Shu bilan birga Xorazm viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘iga biriktirilgan maxsus toifadagi yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash, ijtimoiy hayotga moslashtirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, ular bilan joyiga chiqqan holda uchrashilib, profilaktika ishlari tashkil etilib, sog‘lom-turmush tarzida hayot kechirishlariga ko‘maklashib kelinmoqda. Navbatdagi o‘rganish boshqarma boshlig‘i A.Elamonov boshchiligida Xiva shahar “Gulirayxon” mahallasida yashovchi 15 nafar yoshlar va mahalla raisi hamda yoshlar yetakchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning har biri bilan batafsil suhbatlashib, ularning mavjud muammolarini o‘rganildi va yoshlarning ruhiy va jismoniy barqarorligini ta’minlash, ijtimoiy holatini yaxshilash va qiziqishlari bo‘yicha alohida “Yo‘l xarita”lar ishlab chiqildi.