30-iyun “Yoshlar kuni”
Bundan besh yil muqaddam 2017-yilning 30-iyun kuni muxtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” tashkil etilib, “30-iyun – Yoshlar kuni” deb eʼlon qilingan edi.
Mazkur bayram munosabati bilan Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining yoshlari taqdirlandi.
Boshqarma boshlig’i A.Elamonov 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy muborakbot etgan holda, Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida faollik ko‘rsatayotgan yoshlarga Tashakkurnomalar topshirdi.