Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

XORAZM VILOYAT QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSHQARMASINING SAYYOR QABULI


Xorazm  viloyati  Qurilish  va  uy-joy  kommunal  xoʻjaligi  boshqarmasi  masʼullarining  navbatdagi  sayyor  qabuli  boʻlib  oʻtdi.

Urganch  shahrida  tashkil  etilgan  mazkur  muloqotda  aholi  qurilish  va  kommunal  sohaga  oid  oʻzlarini  qiynayotgan  masala  va  muammolarni  ochiqlash  hamda  hal  qilish  imkoniga  ega  boʻldilar. 

Samimiy  ruhda  kechgan  muloqotda  Urganchliklarning  koʻplab  tizimli  murojaatlariga  joyida  yechim  topilgan  boʻlsa,  ayrim  murojaatlar  muayyan  vaqt  talab  qilgani  uchun  nazorat  tartibida  oʻrganishga  yoʻnaltirildi.

Har  bir  muammoni  bartaraf  etish  yuzasidan  masʼul  tashkilot  vakillariga  zaruriy  koʻrsatmalar  berildi. Hal  etilishi  vaqt  va  maʼlum  bosqichlarni  talab  etadigan  masalalar  boshqarma  boshligʻining  nazoratida  ekani  taʼkidlandi.


8-07-2024, 16:05
Ko'rishlar: 109
Sahifani chop etish