Qoidabuzar iste’molchilarga iyun oyi davomida 74.8 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanildi
Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda “Xorazm suv ta’minoti” АJ xodimlarining reyd tadbirlari viloyatdagi barcha hududlarda olib borilmoqda.
Ichimlik suvi tarmog‘iga noqonuniy ulanish va suvdan maqsadsiz foydalanishni oldini olish maqsadida viloyatimizning Yangibozor va Shovot tumanlarida reyd tadbirlari amalga oshirildi va huquqbuzarlarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda choralar ko'rildi.
Barcha qonun buzilish holatlari yuzasidan tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirilgan. Reyd tadbirlari viloyat bo‘yicha davom etmoqda.