DIQQAT E'LON!
Xurmatli Xorazm viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!
Joriy yilning 25-iyul kuni Xonqa tumanida soat 10:30 da Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi rahbariyatining Xonqa tumani aholisi uchun sayyor qabuli tashkil qilinadi.
Sayyor qabul davomida asosiy eʼtibor aholini qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasi tizimida qiynab kelayotgan muammoli masalalarni aniqlash va ularga yechim topish, aholini roziligini taʼminlash, fuqarolarning qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasiga boʼlgan ishonchini yanada mustahkamlashga qaratiladi.
Manzil: "Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi Xonqa tumani bo'limi" binosi (Xalqlar do'stligi ko‘chasi 15A-uy)
Ma'lumot uchun telefon: +998(62)-223-12-68