Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-avgustdagi PQ-366-son qarori ijrosi bo'yicha



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-avgustdagi “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-366-son Qarorining 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlari orqali keng jamoatchilik vakillariga, viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan 67 ta qurilish-pudrat tashkilotlari rahbarlariga, xususiy tadbirkorlar hamda fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-avgustdagi PQ-366-son Qarorining maqsad-mohiyati haqida  ma’lumotlar berib borilmoqda.

Bunda, mazkur Qaror bilan; 

- 2023-yil 1-yanvardan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha kamaytirilishi (bunda savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar mustasno) belgilanganligi;

- 2023-yil 1-yanvardan boshlab, yakka tartibdagi tadbirkorlarga murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish va qurilish-ta’mirlash ishlari (beton quyish, bo‘yoqchilik, suvoqchilik ishlari, g‘isht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari)ni (keyingi o‘rinlarda – umumiy qurilish ishlari), shu jumladan yuridik shaxslar uchun ham bajarishiga ruxsat berilganligi;

- Qurilish-pudrat tashkilotlariga umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun shartnoma asosida yakka tartibdagi tadbirkorlikni jalb qilishi ham ko‘zda tutilganligi;

- Yakka tartibdagi tadbirkorlarga umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun besh nafargacha xodimlarni yollashga ruxsat etilishi, hamda umumiy qurilish ishlarini bajarish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan hamda kamida uch nafar xodimni yollagan yakka tartibdagi tadbirkorga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mehnat qurollari va asbob-uskunalar sotib olishiga subsidiya ajratilishi va subsidiya miqdori bitta xodim uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmasligi lozimligi belgilab qo‘yilganligi buyurtmachi tashkilotlarga, viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan qurilish-pudrat tashkilotlariga, sohaga aloqador tashkilot (idora)larga hamda tadbirkor va fuqarolarga ma’lum qilinib, keng jamoatchilik vakillariga norasmiy mehnatning inson hayoti va sog‘lig‘i, ijtimoiy xavfsizligi, ish qobiliyati saqlanishiga salbiy ta’siri, ularda davlat pensiya ta’minotiga bo‘lgan huquqni beruvchi ish staji shakllanmasligi to‘g‘risida ma’lumotlar berib borildi.


23-08-2024, 23:08
Ko'rishlar: 402
Sahifani chop etish