Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

“DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNNING MAZMUN-MOHIYATI



Davlat fuqarolik xizmati deganda «davlat xizmatining bir turi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining davlat fuqarolik xizmati lavozimlaridagi davlat organlari vakolatlari amalga oshirilishini ta’minlashga doir haq to‘lanadigan kasbiy faoliyati tushiniladi».

O‘zbekiston Respublikasining 08.08.2022 yildagi “Davlat Fuqarolik xizmati to‘g‘rsida”gi O‘RQ-788-sonli qonuni 10 ta bob va 64 ta moddadan iborat bo‘lib Davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi, davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlar, Davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish, Davlat fuqarolik xizmatiga kirish tartibi va shartlari, Davlat fuqarolik xizmatchilarini huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish kabi normalarni o‘z ichiga olgan.

 Ushbu qonun bilan kadrlarni ochiq tanlov orqali saralash tizimi joriy etildi va davlat xizmatchisining xizmat davridagi faoliyati to‘liq kafolatlanadi. Unga ko‘ra, endilikda davlat xizmatchilari xizmat pog‘onalarida erkin faoliyat yuritishi mumkin bo‘lib, ish vaqti va xaq to‘lashning shakllari huquqiy jihatdan aniq mexanizmlar asosida tartibga solinmoqda.

Davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • Davlat fuqarolik xizmati tizimining yagonaligi va barqarorligi;
  • qonuniylik;
  • adolatlilik;
  • xalqqa xizmat qilish;
  • davlat organlarining va mansabdor shaxslarining jamiyat hamda fuqarolar oldida mas’ulligi;
  • inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
  • ochiqlik va shaffoflik;
  • xolislik, professionallik va kompetentlik;
  • davlat fuqarolik xizmatiga kirishda O‘zbekiston fuqarolarining teng huquqliligi;
  • davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi.

Qonunning ayrim moddalariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, Qonunning 19-moddasida Manfaatlar to‘qnashuvi normasi aks ettirilgan.

Ushbu normada, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, davlat fuqarolik xizmatchisi o‘zining rahbariga yoki yuqori turuvchi davlat organiga darhol yozma shaklda xabar qilishi kerakligi va manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan davlat organining rahbari esa ushbu to‘qnashuvni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shartligi belgilab qo‘yildi.

Aytib o‘tilganidek, Qonun sohaga oid mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda ikki yil davomida, chuqur muhokamalar asosida tayyorlangan.

  

Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i A.J.Elamonov


6-09-2024, 17:35
Ko'rishlar: 451
Sahifani chop etish