18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqimizning boy tarixi, jasorati, ezgu intilishlari, hamda hurligimiz ramzidir. U har bir yurtdoshimizga Vatanimizga bo‘lgan chuqur muhabbat va iftixorni his etish imkonini beradi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi. Mustaqil davlatimiz bayrog‘i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz timsolidir. Shu munosabat bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik bardavom bo‘lsin, bayrog‘imiz baland-balandlarda hilpirayversin!