KORRUPSIYA - TARAQQIYOTGA TAHDID
Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasida 2024-yil 3-dekabr kuni boshqarma xodimlari, Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi, Shahar va tumanlar bo’lim boshliqlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2023-yil 23-avgustdagi №10-son bayonnomasi, “9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo’lib o’tdi.
Ushbu tadbirda Bosh boshqarma, tuman (shahar)lar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlarida “Korrupsiyaga karshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hodimlar tomonidan korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini muntazam ko‘rib borilayotganligi, buning uchun xodimlar bilan profilaktik suhbatlar qilinayotganligi, ular yozma ravishda ogoxlantirib borilayotganligini va bu yuzadan doimiy ravishda xodimlarni o‘qitish va bilim saviyasini yanada oshirish lozimligini bildirib o‘tdi.
So‘zga chiqqan Adliya boshqarmasi ma’sul xodimi R.Ibragimov korrupsiya va uning oqibatida juda yomon oqibatlarga olib kelishini va ogoh bo‘lishni korrupsiyaga shart-sharoit yaratmaslik to‘g‘risida ogohlantirib bu borada o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari-viloyat bosh arxitektori F.Masharipov hamda komplayens nazorati bo‘limi mutaxissisi M.Abdullaev yuqoridagi masalalar bo‘yicha berilgan topshiriqlarni ijrosini o‘z vaqtida, sifatli ta’minlash maqsadida hodimlarning ish faoliyatini kundalik nazorat o‘rnatilishini ta’minlashi lozimligini bildirdi.