Mamlakatimizda Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar
Аrxitektura sohasidagi ayrim davlat xizmatlari, yaʼni meʼmoriy rejalashtirish, loyihani kelishish va qurilishga ruxsat berish boʼyicha xizmatlar birlashtiriladi va bir bosqichli jarayonga aylantiriladi va bu ham toʼliq raqamli jarayonga aylantiriladi.
Natijada hujjatlar aylanmasi 3 baravarga, xizmat koʼrsatish vaqti esa 20 kunga qisqaradi.
Shuningdek, koʼp qavatli uylardagi 8 942 ta lift texnik koʼrikdan oʼtkazilib, ular boʼyicha pasport va muvofiqlik sertifikati joriy etiladi.
Loyihalarni ekspertiza qilishda obʼektlarga oid birlamchi hujjatlarni olish va koʼrib chiqish ham raqamlashtiriladi. Natijada ekspertiza uchun vaqt sarfi 25 foizga qisqaradi va turli soxtakorliklarning oldi olinadi.
Shuningdek, 55 ta eskirgan va oʼz ahamiyatini yoʼqotgan texnik-normativ hujjatlar qayta ishlanib, zamonaviy talablarga moslashtiriladi va xalqaro normalar bilan uygʼunlashtiriladi.
Bundan tashqari, sohada kamida 3 yil faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni Kompetentsiyani rivojlantirish institutida maxsus bakalavriat va magistraturada oʼqitishni yoʼlga qoʼyish ham reja qilingan. Bunda, ushbu oʼqitish dual-taʼlim tizimi asosida amaliyotga yoʼnaltiriladi.
Reyting tizimida ham loyihachi mutaxassislarga malaka talabini alohida baholashga eʼtibor berilib, ball mezonlari qayta koʼrib chiqiladi.