XORAZM VILOYAT QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSHQARMASINING SAYYOR QABULI




Urganch tuman qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bo’limi binosida viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulga tashrif buyurgan aholi kommunal va qurilish sohalariga oid o‘zlarini qiziqtirgan, yechimini kutayotgan muammo va masalalari bilan murojaat qildi.
Sayyor qabul davomida, fuqarolarning taklif, ariza va shikoyatlari eshitilib, belgilangan tartibda ro‘yxatga olindi.
Mavjud muammolarning aksariyati daxldor hodimlar ishtirokida joyida hal etildi.
Rasmiy sahifalarimiz:

