KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH MARKAZI XODIMLARI HAMDA LOYIHA TASHKILOTLARI ISHTIROKIDA UCHRASHUV




O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 avgustdagi PF-151-son Farmoni bilan shaharsozlik sohasidagi mutaxassislarni ularning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha har uch yilda bir marta sertifikatlash tizimi joriy etilib, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida mutaxassislarni sertifikatlash ishlarini amalga oshiruvchi Kompetensiyani Rivojlantirish Instituti tashkil etildi.
Mutaxassislarni sertifikatlash ishlarini tashkil etish bo‘yicha ishchi organ funksiyasi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga yuklatilgan.
Shaharsozlik sohasidagi mutaxassislarni ularning faoliyat yo’nalishlari bo’yicha har uch yilda bir marta sertifikatlash tizimi joriy etilsin:
2023-yil 1-oktyabrdan boshlab:
- Loyiha boshqaruvini va texnik nazoratni, shu jumladan yo’nalishlar bo’yicha nazoratni olib boruvchi mutaxassislar
- Loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib boruvchi mutaxassislar, shuningdek, loyiha bosh muxandislari va bosh arxitektorlari
- Pudrat tashkilotlarining ichki nazoratini amalga oshiruvchi mutaxassislar
2024-yil 1-yanvardan boshlab:
- Nazorat o’lchovini amalga oshiruvchi mutaxassislar
- Ekspert tashkilotlari ekspertlari
- Ko’p kvartirali uylarni boshqarish organlari raxbarlari
2024-yil 1-apreldan boshlab:
- Tuman (shahar) va viloyat arxitektorlari
- Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish xududiy inspeksiyalari inspektorlari
2025 yil 1 yanvardan boshlab, sertifikatga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarga ko‘p kvartirali uylarning boshqaruv organlariga rahbarlik qilish taqiqlanadi.
Rasmiy sahifalarimiz:

