Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

TA'ZIYA


Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi hodimi Anvarbek Rustamovich Utamuratovning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari hamda yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Anvarbek Rustamovich 1976 yil 13 noyabrda Xorazm viloyati Gurlan tumanida tug‘ilgan. 1999 yilda Urganch Davlat Universitetini arxitektura mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1999 yildan boshlab davlat tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borgan.

O‘z sohasining yetuk mutaxassisi, oqko‘ngil va samimiy inson, mehnat faoliyati davrida halolligi, keng bilim va dunyo qarashiga ega ekanligi bilan barcha hamkasblarining mehrini qozondi, jamoada yuksak hurmat-ehtiromga sazovor bo‘ldi.

Qadrli hamkasbimiz, fidoiy va el koriga kamarbasta farzandlar tarbiyalagan mehribon ota – Anvarbek Rustamovichning yorqin xotirasi unutilmaydi, qalblarimizda doimo yashab qoladi.

Anvarbek Rustamovich Utamuratovni Alloh o‘z rahmatiga olib, oxiratlarini obod qilsin.



Rasmiy sahifalarimiz:  Telegram  Youtube
1-04-2025, 12:44
Ko'rishlar: 66
Sahifani chop etish