Chirchiq shahrida kattalar hamda yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati va “UZBEKISTAN OPEN” ochiq chempionati bo‘lib o‘tmoqda




Kuni kecha Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi Xorazm viloyati bo‘limi raisi Muzaffar Kalandarov 2028-yil Los-Anjelesda bo’lib o’tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga litsenziya qo‘lga kiritishni maqsad qilgan Xorazm viloyati sportchilari D.Ro‘zmetov, H.Matrasulov, H.Bardiyev va M.Davletov bilan uchrashdi.
Muzaffar Kalandarov uchrashuv davomida hududiy federatsiya sportchilarining oila a’zolari doimiy aloqada bo’lib, ularning holidan muntazam ravishda xabar olinayotganini ta’kidlab, sportchilardan butun diqqat e’tiborini faqat kelgusida bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishga qaratishlarini so’radi.
Hududiy federatsiya raisi shuningdek, Chirchiq shahrida bo’lib o’tayotgan kattalar o‘rtasidagi O’zbekiston chempionatida ayollar o’rtasida -71 kg vaznda 231 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirib O‘zbekiston rekordini yangilagan Xorazm viloyati sportchisi Shaxlo Abdullayeva hamda -76 kg vaznda oltin medalni qo‘lga kiritgan Sevinch Kamilovalarni tabrikladi.