Xorazm viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasining sayyor qabuli




Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi Xonqa tumani bo'limi binosida Viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi mas'ul xodimlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulga kelgan aholi kommunal va qurilish sohalariga oid o‘zlarini qiziqtirgan, yechimini kutayotgan muammo va masalalari bilan murojaat qildi. Ariza va shikoyatlari eshitilib, belgilangan tartibda ro‘yxatga olindi. Mavjud muammolarning aksariyati daxldor xodimlar ishtirokida joyida hal etildi. Huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.