Arda Xiva – bunyodkorlik ishlarining yangi namunasi
Bugungi kunda Urganch shahridan Xiva shahriga yo‘lga chiqsangiz, muzey shaharga to‘rt, besh kilometr qolmasdan yo‘lning o‘ng tomonidan go‘zal bir shaharcha qad rostlaganiga ko‘zingiz tushadi. Tarix va zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan holda barpo qilingan “Arda Xiva” turizm kompleksi qisqa muddatda mahoratli quruvchilarimiz tomonidan turizm sohasining yana bir yorqin loyihasiga aylandi.
G‘ovik ko‘lga tutash holda barpo qilingan bu maskanda 5 ta 810 o‘rinli mehmonxona, 13 ta mehmon uylari, 2000 ming kishiga xizmat ko‘rsatuvchi ochiq va 2000 kishiga mo‘ljallangan yopiq akvapark hamda attraksionlar, 3000 ming o‘rinli amfiteatr, sohil bo‘yida sayr qilish uchun 4 kilometrli yo‘laklar, 11 ta hunarmand uylari, “Ko‘hna Urganch” nomidagi tarixiy muzey, 5000 mkvlik musiqali favvora, “Sharq bozori”, 5 ta kinoteatr va konsert zallari, 2 kilometrlik qayiqda sayr qilish uchun ariqlar, 1000 ta avtomashinaga mo‘ljallangan avtoturargohlar mavjud.
Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo qilingan “Arda Xiva” turizm kompleksi 24,5 gektar maydonda joylashgan.