Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Xorazm viloyati Urganch shahridagi boshqaruv organlari faoliyatini o‘rganmoqda



O.Jo'rayeva Urganch shahri “Nurli hayot” mahallasida bo'lib, mazkur hududdagi 324 ta ko‘p qavatli  uyga xizmat ko’rsatuvchi “Xorazm shinam uylar” BSK faoliyatini ko’zdan kechirdi.

Unda vazir o’rinbosarining tavsiyalari asosida shakllantirilgan qo’shimcha servis xizmatlar, moddiy texnika bazasi va boshqaruv binosida aholi uchun tashkil etilgan qo’shimcha qulayliklar ko’zdan kechirildi.

Ishdagi tartib, muvozanat va aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib yaratilgan sharoitlar ahamiyatiga yana bir bor urg’u berildi.

Ma’lumot uchun, mazkur BSK   2024-yil mart oyida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 56 nafar ishchi xodimlar 324 ta ko‘p qavatli uylardagi 11 461 ta xondonga xizmat ko’rsatib kelmoqda.


8-05-2025, 14:30
Ko'rishlar: 39
Sahifani chop etish