Davlatimiz rahbarining joriy yil 1-2-may kunlari Xorazm viloyatiga tashriflari doirasida belgilangan muhim vazifalarga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi



O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantiirsh va sanoat masalalari qo’mitasi, Budjet va iqtisodiy masalalar qo'mitasi hamda Fan, ta'lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo'mitasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva ham ishtirok etdi.
Vazir o'rinbosari Xorazm viloyatining qurilish va kommunal sohalarini yaxshilash yo'lida amalga oshirilayotgan ishlarga bog'liq raqamlarga to'xtalib o'tdi:
Hurmatli Prezidentimiz ko‘rsatmalari bilan Urganch shahrida tashkil etilayotgan Al Xorazmiy shaharchasida Al Xorazmiy nomidagi universitetni barpo etish va uning ro‘parasida buyuk allomaning haykalini o‘rnatish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Bugungi kunda vazirlik huzuridagi “O‘zshaharsozlik LITI” instituti tomonidan obyektlarning loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Aholini uy-joy bilan ta'minlash ham bugungi islohotlarimizning asosiy maqsadi hisoblanadi. Shu ma'noda joriy yil Xorazm viloyatida 7 000 ta xonadondan iborat 200 ta uy-joylar qurilishi belgilangan. Natijada 8 mingga yaqin oila qulay va shinam uylar bilan ta'minlanadi. Shu bilan birga 12 trillion so‘mlik pudrat ishlarini bajarish va qurilish sohasida 20 ming nafar aholini band qilish bo‘yicha belgilangan vazifalar ham hududda aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi,- dedi O.Jo‘rayeva.
Shuningdek, hudud miqyosida ichimlik va oqova suv tizimini modernizatsiya qilish, issiqlik ta'minoti sohasini takomillashtirish, ma'nan eskirgan uy-joylar o'rnida zamonaviy uylarni qurish bo'yicha renovatsiya dasturlarini ishlab chiqish yuzasidan rejalashtirilgan ishlar hisoboti berildi.