Jahon chempionatida sovrindor bo'lgan sportchilarimiz kutib olindi



Joriy yilning 29-aprel - 6-may kunlari davomida Peru davlatida sportning og'ir atletika turi bo’yicha oʻsmirlar va yoshlar (U17-U20) oʻrtasida Jahon chempionati musobaqasi bo'lib o'tdi.
Ushbu nufuzli musobaqada Xorazm viloyati sportchilaridan Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi tarbiyalanuvchisi Davletov Munisbek 2 ta kumush medalini, Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tarbiyalanuvchisi Ro'zmetov Diyorbek esa 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritdilar.
Bugun sportchilarimiz Urganch temir yo'l vokzalida Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i, O'zbekiston og'ir atletika federatsiyasi Xorazm viloyati bo'limi raisi M.Kalandarov boshchiligida chempionlarning oila a'zolari, trenerlar va sport ta'lim muassasasi mas'ullari ishtirokida tantanali kutib olindi.