Respublika Ishchi guruhi tomonidan ommaviy sayyor qabul davom etmoqda




Xabar berganimizdek, 12-16-may kunlari viloyatimizda Respublika ishchi guruhi tomonidan Ommaviy sayyor qabul o‘tkazilmoqda.
Xiva shahridagi Viloyat pedagogika mahorat maktabi binosida ham Xiva shahri va Xiva, Yangiariq tumanlaridan kelgan fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Qabulda hududlardagi qurilish, kommunal soha bo’yicha aholini qiynayotgan murojaatlar ham tinglandi.
Har bir murojaatchining masalasi viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi mas’ullari tomonidan nazoratga olindi. Soha mas’ullariga esa ularni yechish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.