Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Yoshlarga ko‘mak - kelajakka sarmoya

 

 

 

“Yoshlarni idora-tashkilot rahbarlariga biriktirish” tashabbusi – bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga ko‘mak berishning eng samarali va insonparvar yondashuvlaridan biridir. Bu tizimning asosiy maqsadi – ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoki hayotda yo‘lini topishda qiynalayotgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularni mustaqil hayotga tayyorlashdan iborat.

Mazkur tizim asosida Xorazm viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i M.Kalandarovga ham Xiva shahrining “Gulirayhon” mahallasidan 15 nafar yosh biriktirilgan. Ular bilan doimiy aloqada bo‘lib, maslahat berish, moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida boshqarma boshlig‘i mahallada bo‘lib, o‘ziga biriktirilgan yigit-qizlar bilan uchrashmoqda. 

Ularning muammolarini hal etish bo‘yicha ishlab chiqilgan alohida “yo‘l xarita”lari asosida yordamlar ko’rsatish ham boshlandi. Misol uchun,  uy-joy ta’miri uchun yordam so‘ragan yoshlarga qurilish materiallari, tikuvchilik qilib tadbirkorligini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan qizlarga zamonaviy tikuv mashinasi, kompyuter xizmatlarini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yoshlarga noutbooklar topshirildi. 

Shuni ham aytib o‘tish kerak, yil davomida ushbu yoshlar bilan doimiy tarzda ishlab boriladi. Har oyda kamida bir marotaba uchrashuvlar o‘tkazilib, fan, chet tillariga o‘qitish bilan bog‘liq muammolari ham o‘rganiladi, vatanparvarlik va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida qo‘shimcha yordamlar ko‘rsatib boriladi.


14-05-2025, 09:30
Ko'rishlar: 18
Sahifani chop etish