Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Tadbirkorlar bilan uchrashuv


O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 25-martdagi O‘RQ-1050 son qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 apreldagi PF-66-son “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, bugun Xorazm viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Shovot tuman hokimligi binosida tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Jarayonda Farmonning mazmun-mohiyati, uning ahamiyati va amaliyotga tadbiq etilish tartiblari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, sohada davlat nazoratini kuchaytirish, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni boshqarishdagi dolzarb masalalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish mexanizmlari muhokama qilindi.

Hududlarda tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashuvlar va targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.


14-05-2025, 15:09
Ko'rishlar: 33
Sahifani chop etish