Sportchi yoshlarimiz yana sovrindor



2028-yil Los-Anjelesda bo’lib o’tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga litsenziya qo‘lga kiritishni maqsad qilgan sportchimiz Husinboy Matrasulov Xitoyning Jianshang shahrida ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasida bo’lib o’tayotgan Osiyo chempionatida -67 kg vazn toifasida munosib ishtirok etib qitʼa birinchiligida Yangi O’zbekistonimizga dastlabki bronza medalini tuhfa etdi.
Hamyurtimiz dast koʻtarish mashqida 140 kg bilan uchinchi natijani qayd etdi. Siltab koʻtarish 165 kg va ikki kurashda 305 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi.
Husinboy Matrasulovga keyingi musobaqalarda ham omad tilab qolamiz!