Ko‘p kvartirali uylarni mukammal va joriy ta’mirlash ishlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning muhim bosqichi








Xonqa tumanida hozirgi kunda 112 ta ko’p kvartirali uylar bor. Ularga 2 ta Boshqaruv servis kompaniyasi xizmat ko‘rsatadi. Ayni kunlarda BSKlar tomonidan rejaga asosan belgilangan ko‘p kvartirali uylarda mavsumga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida uylarning tom, kirish yo‘laklari va fasad qismlarida ta’mirlash ishlari olib borilib, energiya samaradorlikni oshirish uchun kirish yo'laklariga tejamkor lampalar o'rnatish ishlari davom etmoqda.