Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Qurilish-pudrat tashkilotlari va developerlar uchun ochiq muloqot bo’lib o’tdi



Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida Oʻzbekiston quruvchilari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan muloqotda Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi mas’ullari, shuningdek hududdagi Qurilish-pudrat tashkilotlari rahbarlari va developerlar onlayn qatnashishdi. 

Ochiq muloqotni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov kirish so’zi bilan ochib berdi. Muhokamalar markazida – 2025-yil 1-iyuldan boshlab joriy etilishi rejalashtirilgan “eskrou” tizimi bilan bog‘liq masalalar ko'rib chiqildi.

Ishtirokchilar, xususan, quruvchi tashkilotlar vakillari, loyiha buyurtmachilari va mulk sotuvchilari tomonidan "eskrou" tizimining amaliy jihatlari, bank orqali to‘lovlar tartibi, ulush kiritish shartnomalarining notarial rasmiylashtirilishi, kadastrda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kabi masalalar yuzasidan ko‘plab savollar berildi.  Ochiq muloqotda Vazirlar Mahkamasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank hamda O‘zbekiston Quruvchilari assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etib, tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga batafsil tushuntirishlar berishdi.


22-05-2025, 15:58
Ko'rishlar: 28
Sahifani chop etish