"Yangi O'zbekiston" massivlari barpo etilmoqda
Yangi O‘zbekistonning bugungi taraqqiyotida har bir fuqaroning o‘z uyi bo‘lishiga imkoniyat yaratilib, buning uchun davlat tomonidan keng ko‘lamli qurilish ishlari, ipoteka dasturlari amalga oshirilmoqda. Bu — yurt farovonligi sari qo‘yilgan muhim qadamlardandir. Uyli bo‘lish odamga ishonch va kuch bag‘ishlaydi. Shularni nazarda tutugan holda mamalakatimiz bo’ylab 2030 yilgacha kamida 100 ta “Yangi O’zbekiston” massivlari bunyod qilish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.
Birgina Xorazm viloyatining o’zida mazkur maskanlarda 555 ta ko’p kvartirali uylar qurilib 19800 ta xonadon egalariga topshirilishi nazarda tutilgan.
Ushbu yo’nalishdagi ishlarga “Mening yurtim” telekanalining “Hudud” informatsion dasturida efirga uzatilgan lavhada Yangiariq tumani misolida so'z boradi.