Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda



Xususan, reyd tadbirlari davomida Urganch shahri “Umid” va "J.Manguberdi" mahallalari, Gurlan koʻchasida joylashgan 15, 25, 29- koʻp qavatli uylarningning texnik holati oʻrganildi.

Oʻrganishlar jarayonida mazkur uyning tutash hududlariga uy-joy mulkdori tomonidan oʻzboshimchalik bilan uyning seysmik barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatgan holda noqonuniy qurilmalar bunyod etilgani aniqlandi. Holat yuzasidan noqonuniy qurilmalarni ixtiyoriy ravishda belgilangan muddat ichida bartaraf etish boʻyicha yozma koʻrsatmalar berildi. Agar ushbu koʻrsatmalar belgilangan muddatda bajarilmasa, hududiy inspeksiya tomonidan taʼsir choralari qoʻllaniladi.


27-05-2025, 17:47
Ko'rishlar: 8
Sahifani chop etish