Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Ko‘p qavatli uylarni qurish zamon talabi





Ko‘p qavatli uylar qurilishi — bu zamonaviy shaharlarda aholi yashash sharoitlarini yaxshilash va ekologik barqarorlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy talablarga javob beradi. Ushbu turdagi qurilishlar nafaqat joyni tejashga yordam beradi, balki aholiga qulaylik yaratadi va atrof-muhitga bo‘lgan ta’sirni kamaytiradi.

Bugun Viloyat hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo'jalik, ekologiya va ko'kalamzorlashtirish masalalari bo'yicha o‘rinbosari S.Bekchanov boshchiligida Xorazm viloyatida joriy yilda qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli turar-joy binolarini qurish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati muhokama qilindi. Shuningdek, uy-joylarni zarur muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash yuzasidan tegishli soha tashkilotlari rahbarlarining ma’lumotlari eshitildi.

Ma’lumot o‘rnida: Davlatimiz rahbari Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida joriy yilda hududda 7 ming xonadonli 200 ta ko‘p qavatli uy qurilishi ma’lum qilingan edi.


29-05-2025, 20:00
Ko'rishlar: 9
Sahifani chop etish