Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

TABRIK


Aziz bolajonlar, hurmatli yurtdoshlar!

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi jamoasi sizni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan chin yurakdan tabriklaydi!

Bu muhim sana bolalarimizning baxtli, xavfsiz va farovon hayot kechirishi, ularning huquqlari e’tibor va himoyada bo‘lishi, shuningdek, yorqin kelajak sari intilishlari uchun barchamiz mas’ul ekanimizni yana bir bor eslatadi.

Bugun mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida yosh avlodga qulay va zamonaviy yashash sharoitlarini yaratish, ularning sog‘lom muhitda ulg‘ayishi uchun keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Bunda biz – Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi jamoasi ham o‘z hissamizni qo‘shib kelayotganimizdan faxrlanamiz.

Aziz bolajonlar! Sizlar bugungi kun quvonchi va ertangi kunimizning umidli porloq yulduzlarisiz. Orzularingiz sari dadil qadam tashlang, biz esa sizlar uchun yanada qulay va xavfsiz hayot muhitini yaratishda har doim harakatda bo‘lamiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

 

Hurmat bilan,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi jamoasi


1-06-2025, 09:30
Ko'rishlar: 11
Sahifani chop etish