Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik

Joriy yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Xorazm viloyatida dastur asosida 185 ta ko‘p xonadonli uylarda mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini olib borish nazarda tutilgan. Shundan 36 ta ko‘p xonadonli uylarning tom qismi ta’mirlanishi belgilangan.
Ushbu yo‘nalish borasidagi ishlar doirasida Bog‘ot tumani O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarda ham tom qismini ta’mirlash jarayonlari olib borilmoqda.