Zilzilabardoshlik va Seysmik talablarga rioya qilinishi muhim masala


Xabaringiz bor, Xorazm viloyatida tashkil qilingan ishchi guruh tomonidan koʻp qavatli uylarni qurishda zilzilabardoshlik va seysmik talablarga rioya qilinishi bo'yicha vaziyat oʻrganilmoqda. Bunda viloyatda 2017 - 2024-yillar mobaynida qurilgan 660 ta koʻp qavatli uylarni vizual tekshiruvdan oʻtkazish rejalashtirilgan.
Xorazm viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi binosida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobi va kelgusidagi vazifalar ijrosi boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda koʻp qavatli uylarning zilzilaga bardoshliligini oshirish va aholining seysmik xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrish ustuvor vazifa ekanligi taʼkidlandi va masʼullarga tegishli koʻrsatma hamda topshiriqlar berildi