Ko‘p kvartirali uylarning seysmik mustahkamligi va zilzilabardoshligini monitoring qilish jarayonlari


Xorazm viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PF-144-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Yangiariq tuman “Do‘stlik” mahallasi “Yangi O'zbekiston” ko‘chasida joylashgan 16-uyning zilzilabardoshlik holati, seysmik talablarga rioya qilinishi bo‘yicha vizual tekshiruvdan oʻtkazish ishlari amalga oshirilmoqda.