Ostonada yana bir oltin medal qoʻlga kiritildi. Yosh og‘ir atletikachimiz Osiyo chempionati g‘olibiga aylandi


Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida davom etayotgan qit’a chempionatida O‘zbekiston polvonlari o‘z kuchlarini namoyish etmoqda.
U-20 yosh toifasida Vatanimiz sharafini himoya qilgan sportchimiz, terma jamoamiz a’zosi vohadoshimiz Diyorbek Ro‘zmetov bahslarning -71 kilogramm vaznida dast ko‘tarishda 142 kilogramm, siltab ko‘tarishda 177 kilogramm va ikki kurash natijasiga ko‘ra 319 kilogramm toshni bo‘ysundirgan holda Osiyo chempionatining 2 ta oltin va 1 ta kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
U filippinlik va qozogʻistonlik raqiblarini ortda qoldirgan holda vatanimiz madyihasinining yana bir bor barilla yangrashiga hissa qo‘shdi.
Shuningdek, ushbu vaznda yana bir yosh sportchimiz Boburmirzo Yoqubov dast ko‘tarishda 139 kilogramm bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Har ikkala sportchilarimizni ham ushbu muvaffaqiyatlari bilan Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi hamda O‘zbekiston og'ir atletika federatsiyasi Xorazm viloyati bo‘limi nomidan samimiy tabriklaymiz!