O'rganish ishlari davom etmoqda








Bosh prokuror oʻrinbosari S.Samadov boshchiligida Xorazm viloyati Tuproqqalʼa, Hazorasp va Bogʻot tumanlarida qurilishga oid davlat dasturlari ijrosi, byudjet xarajatlarini maqbullashtirish va boshqa yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli oʻrganilmoqda.
Xususan, Tuproqqala tumani “Y.Oxunboboyev” mahallasidagi 10-sonli maktab, “Obod” mahallasidagi “Yangi Oʻzbekiston” massivi, “Muhabbat” mahallasidagi sport maktablarini rekonstruksiya qilish, Hazorasp tumani “Ziyolilar” mahallasida barpo qilinayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivi, massivdagi ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish hamda “M.Xorazmiy” mahallasidagi 19-sonli maktabni rekonstruksiya qilish hamda Bogʻot tumani “Uzumzor” mahallasidagi 250 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, “Bogʻiston” mahallasidagi 90 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti obyektlarida boʻlib, masʼullarga ishchi kuchi va maxsus texnikalar sonini koʻpaytirib, qurilishni jadallashtirish boʻyicha aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ish turlarini optimallashtirish va mahalliy qurilish materiallari ishlatilishi orqali mablagʻlarni iqtisod qilish, ishchilarni rasmiy sektorga oʻtkazish orqali sohadagi yashirin iqtisodiyotni oldini olish lozimligi taʼkidlandi.
Koʻp qavatli uylarni zilzilabardoshligini oʻrganish va aholining seysmik xavfsizligini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan va oldinda bajarilishi lozim boʻlgan muhim vazifalar belgilab berildi.