Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatiga nazar: tahlil va yangi rejalar belgilab olindi

                             

Hozirgi vaqtga kelib Xorazm viloyati bo‘yicha 45 877 xonadondan iborat 1959 ta ko‘p kvartirali uylar mavjud. Ularga 34 ta BSKlar xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Bugun viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari Jasurbek Yo‘ldoshev viloyatdagi BSK rahbarlari bilan sohadagi muammolarni aniqlash va hal etish borasida uchrashdi. Bunda har bir BSKlarining bugungi kungacha bo‘lgan faoliyati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi. Eng dolzarb masalalardan hisoblangan oldindagi 2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumiga munosib tayyorgarlik ishlariga alohida to‘xtalindi. Bosh boshqarma boshlig‘ o‘rinbosari J.Yo‘ldoshev dasturda belgilangan 185 ta ko‘p kvartirali uylarning mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini sifatli bajarish, mavsumda aholining davlatdan rozi bo‘lishi hamda BSKlariga bo’lgan ishonchini mustahkamlashiga urg‘u berdi. Uchrashuv yakunida oldindagi rejalar bo‘yicha tuman-shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlarining mas’ul xodimlariga ham aniq topshiriqlar berildi.


24-07-2025, 17:00
Ko'rishlar: 16
Sahifani chop etish
2025-yil - “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili”