Loyiha tashkiloti rahbarlari uchun seminar tashkil etildi



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi “Davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 192-son qarori qabul qilingan.
Mazkur qaror aholi punktlarini rekonstruksiya qilish va obodonlashtirishda, ijtimoiy infratuzilma obyeklarini joylashtirishda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga qatiy rioya etilishini ta’minlash, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniglash, bartaraf etish choralarini kuchaytirish, hamda kommunikatsiya tarmoqlari himoya hududlaridagi noqonuniy qurilmalarni buzish bilan bog‘liq sud qarorlari ijrosini ta’minlash va ushbu hududlarda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan favqulotda holatlarni oldini olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan.
Shu munosabat bilan, Xorazm viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – viloyat Bosh arxitektori F.Masharipov boshchiligida shaharsozlik sohasidagi qonun buzilishi holatlarini oldini olish va noqonuniy qurilmalarni aniqlash maqsadida hududlarda faoliyat olib borayotgan Loyiha tashkilotlari rahbarlari bilan seminar tashkil etildi. Seminar davomida ushbu qaror mazmun-mohiyati haqida tanishtiruvlar olib borilib, buyurtmachi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan loyihaoldi hujjatlari o‘rnatilgan tartibga muvofiq bo‘lmaganda ushbu obvektlaring Shaharsozlik hujjatarini ishlab chiqmaslik va bu uchun shaxsiy javobgarlik mavjudligi yuzasidan har bir loyiha tashkiloti rahbarlariga tushuntirishlar berildi.