Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Qurilish obyektlarida QR-kodli pasport o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

QR-kodli pasport obyektning kirish qismiga yoki barcha uchun ko‘rinadigan joyda majburiy tartibda o‘rnatiladi.

 

QR-kodli pasportda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:

  • obyektning nomi va manzili;
  • buyurtmachi, loyihachi va pudratchining nomi; 
  • buyurtmachining texnik nazorat, loyihachining mualliflik nazorati, pudratchining ichki nazorat bo‘yicha mutaxassisi ma'lumotlari;
  • qurilish muddati (boshlangan sana va yakunlash sanasi);
  • obyektning umumiy ko‘rinishlari, qirqimi, bosh rejasi, bosh reja qaydnomasi;
  • QR-kod (“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasida aks etuvchi havola);
  • qurilish obyektini hududiy inspeksiyada ro‘yxatdan o‘tgan sanasi va raqami.

 

Qurilish obyekti hududiy inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazilgach, “Shaffof qurilish” axborot tizimida obyektga oid dastlabki ma’lumotlar joylashtirilgan sahifa uchun QR-kod avtomatik tarzda shakllantiriladi.


27-08-2025, 10:30
Ko'rishlar: 13
Sahifani chop etish
2025-yil - “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili”