Yangi obyektlar foydalanishga topshirild
Mustaqillik - bu nafaqat tarix, balki kelajak uchun mas’uliyat, xalq uchun g‘amxo‘rlik va yoshlar uchun imkoniyatlar timsolidir. Kelajagimizga bo‘lgan ishonch, umummilliy birlik va Vatanga sadoqat bizga yangi marralar sari intilish kuchini baxsh etadi. Joriy yil mustaqilligimizga 34 yil to‘ldi. 34 yil — bu oz fursat emas. Bu yillar davomida O‘zbekiston ulkan sinovlardan o‘tdi, yuksak yutuqlarga erishdi. Mustaqillik tufayli har bir fuqaro o‘z taqdiri uchun mas’ul, erkin yashaydigan jamiyatda umr kechirmoqda. Bugun yurtdoshlarimiz ushbu bayramni ana shunday ulkan yutuqlar bilan qarshi olmoqda. To‘yga to‘yona bilan deganlaridek, bayram arafasida Xorazm viloyatida ham ijtimoiy soha obyektlari, yangi bino va inshootlar qurib foydalanishga topshirildi.