Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Urganchda koʻp qavatli uy choʻkish arafasida: masʼullar qayerga qarayapti?“ mazmunidagi murojaat yuzasidan Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi Bosh boshqarmasi hamda Xorazm viloyati hududiy Qurilish va uy-joy-kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari olib borildi. 

Murojaatda, “Urganch shahridagi “Sheroziy” koʻchasi 6a-uyda aholi qoʻrquv va xavotir ichida yashashga majbur. Sababi, mazkur koʻp qavatli uyning yerto‘lasi toʻliq suvga toʻlgan. Havo aylanishi boʻlmagani uchun yerto‘la dimiqqanidan mogʻor bosmoqda. Bu esa uyning poydevori va butun inshootga jiddiy xavf tugʻdirishi nazarda tutilgan” deya takidlanadi. 

Murojaatni oʻrganish jarayonida Urganch shahridagi “Sheroziy” koʻchasi 6a-sonli 4 qavatli, 2 ta kirish yoʻlak va 16 ta xonadondan iborat koʻp kvartirali uy 1985-yilda gʻishtdan qurilib ushbu uyga “Servis hilol” Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan xizmat koʻrsatilishi hamda 2025-yilda Xorazm viloyatidagi koʻp kvartirali uy-joylarni boshqaruv tashkilotlari mablagʻlari hisobidan joriy taʼmirlash boʻyicha manzilli dasturga kiritilib, bugungi kunda taʼmirlash ishlari yakunlanganligi aniqlandi. Uyning yertoʻla qismi koʻzdan kechirilganda, yertoʻla qismining qulfi mulkdorlar tomonidan buzib ochilib, ushbu uydagi xonadon mulkdorlarining deraza romlarining qoldiqlari borligi va yer toʻla qismi quruq holatda ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan, “Sheroziy” koʻchasi 6a-sonli koʻp kvartirali uyning seysmik mustahkamligi va zilzilabardoshligi ham monitoring qilinganda, binoni vizual texnik holatida tom, yertoʻla, fasad va kirish yoʻlak qismlarida yorilish va deformatsiya holatlari aniqlanmadi. Ushbu uyning yertoʻla qismi esa sanitariya holatlari talablariga javob bermasligi sababli, yerto‘la hamda tutash hududni obodonlashtirish yuzasidan majburiy koʻrsatma berilib, hozirda BSK tomonidan obodonlashtirish ishlari boshlab yuborilganini maʼlum qilamiz.

Maʼlumot uchun: “Servis hilol” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan koʻp kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzganligi yuzasidan jamiyat rahbariga nisbatan MJTKning 159-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan holat boʻyicha Hududiy inspeksiya tomonidan maʼmuriy javobgarlik masalasi koʻrilgan.


9-09-2025, 17:00
Ko'rishlar: 39
Sahifani chop etish
2025-yil - “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili”