Rasmiy munosabat

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahridagi “A.Bahodirxon” ko‘chasi 43-uyda yashovchi fuqarolarning video murojaati tarqaldi. Mazkur murojaatni tegishli tartibda o‘rganish uchun Xorazm viloyati Qurilish uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi tomonidan ishchi guruh shakllantirildi va quyidagilar aniqlandi:
-Yuqorida ko‘rsatilgan ko‘p kvartirali uyga haqiqatdan ham “Urganch building servis” BSK xizmat ko‘rsatadi. Fuqarolarning murojaatni ijobiy hal etish bo‘yicha ushbu BSK rahbariga tegishli ko‘rsatmalar berildi va ko‘p kvartirali uyning yuzaga kelgan muommolari bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish ishlari boshlandi.
Bundan tashqari “A.Bahodirxon” ko‘chasi 43-uyda yashovchi aholining majburiy badal to‘lovlaridan umumiy 51 million so‘m miqdorda qarzdorligi mavjudligi ham ma’lum bo‘ldi.

