Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik
Xorazm viloyatining barcha hududlarida kuz- qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Mavsumni betalofot oʻtkazish maqsadida sohaga daxldor xizmatlar va tashkilotlarning ish sifati va samardorligini oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrilgan. Xususan, “Xorazm viloyat issiqlik taʼminoti” MChJ tomonidan tizimni 2025-2026-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar rejasiga ishlab chiqilgan. Shunga asosan ijtimoiy soha muassasalarida eski va energiya sarfi yuqori boʻlgan qozonxonalarni yangilash ishlari olib borilmoqda. Bunda, Respublika hamda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 2 ta qozonxonani joriy taʼmirlash, 6 ta qozonni mukammal tamirlash, shuningdek, korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan 1 km issiqlik tarmoqlarini va 40 ta elektro nasoslarni joriy taʼmirlash va 200 tonna texnik tuz jamgʻarish rejalashtirilgan.

