Bunyodkorlik ishlarining ko‘lami kengaymoqda




Obodlik va bunyodkorlik har bir jamiyat, har bir inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Obodlik — bu atrof-muhitni tozalash, tartibga solish, go‘zallik yaratish, binolar va infratuzilmani yaxshilash kabi faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Bunyodkorlik esa yangi imkoniyatlar yaratish, yangi obyektlar, binolar, yo‘llar, bog‘lar, bog‘cha va sport maydonchalarini bunyod etishni anglatadi. Ayni kunlarda Shovot tumanida ham ko‘plab bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, “Shovot” kanali ko‘prigini rekonstruksiya qilish, “Az-Zamaxshariy” ko‘chasiga asfalt yotqizish ishlari, tuman markazida joylashgan aylanma harakatli chorrahasining qayta qurilish jarayoni, markazlashgan oqova suv tarmog‘ini qurish va “Shohobod” o‘yingohining qurilish-ta’mirlash ishlari shular jumlasidan.

