Korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi




2025-yil 8–10-oktabr kunlari Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan shakllantirilgan Respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan Xorazm viloyatida bir qator uchrashuv va tahliliy tadbirlar o‘tkazildi.
Shu doirada Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuchkarov tomonidan Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasida sohada korrupsiya holatlarini oldini olish va kelib chiqish omillarini bartaraf etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi rahbaryati hamda tuman-shahar bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.
Yig'ilishda davlatimiz rahbari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengash yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi, maishiy korrupsiyaning kelib chiqish sabablari va joylardagi holatlar yuzasidan atroflicha so‘z yuritildi. Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsion holatlarni oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholi orasida huquqiy ongni oshirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

