Xonqa tumani “Nurafshon” mahallasidagi 29-sonli eski bog‘cha binosi yangidan qurildi
Ushbu bino 1978-yillarda qurilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida yaroqsiz holga kelib qolgan va faoliyatini to‘xtatgan edi.
Bugun 150 o‘rinli mazkur maktabgacha taʼlim tashkiloti yangi, zamonaviy binoda o'z faoliyatini boshladi.

