Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma haqida

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi

   
   
   

Tadbirda Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi. Hamkor tashkilot, Viloyat Adliya boshqarmasidan mutaxassislar ham taklif etildi. Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari J.Yo‘ldoshev tuman(shahar)lar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq xodimlar tomonidan korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralari muntazam ko‘rib borilayotganligi, buning uchun xodimlar bilan profilaktik suhbatlar qilinayotganligi, ular yozma ravishda ogohlantirib borilayotganligini ta’kidladi.

So‘zga chiqqan Adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Z.Begova qonunchilikda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qilingan normativlar, yangiliklar haqida batafsil tanishtirib o‘tdi.

Tadbir yakunida xodimlar yana bir bor korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogoh bo‘lishga chaqirildi.


15-11-2025, 16:36
Ko'rishlar: 30
Sahifani chop etish
2025-yil - “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili”