Aholiga Qulaylik yaratish maqsadida 27 ta lift uskunalari yangisiga almashtirilmoqda. Lekin…






Xorazm viloyatida 45 877 ta xonadondan iborat 1 959 ta koʻp kvartirali uylar mavjud. Shundan 1078 tasi -1991-yilgacha, 196 tasi-1991-yildan -2016-yilgacha, 685 tasi – 2016-yildan 2024-yilgacha qurilgan uylardir. 1853 ta koʻp kvartirali uylarga 38 ta boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) tomonidan xizmat koʻrsatiladi, 69 tasi bevosita mulkdorlar boshqaruvida va 37 tasi idora va tashilotlar balansida boʻlgan uylar.
2025/2026-yillarda kuz-qish mavsumini betolafat oʻtkazish maqsadida Boshqaruv servis kompaniyalarning 5 246,0 mln.soʻm mablagʻlari hisobidan 185 ta koʻp kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublika Prezidentining PQ-410-son va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining № 98-son qarorlariga asosan 10 mlrd 420,0 mln.soʻm byudjet mablagʻlari hisobidan viloyatdagi 27 ta lift uskunalarini yangisiga almashtirish ishlari amalga ishirilmoqda. Ammo, lift uskunalarini o‘rnatish jarayonida bir qator muammolar aniqlanmoqda.
Ya’ni ko ‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan uylarning umumiy foydalanishi kerak bo‘lgan qismalari o‘zboshimchalik bilan o‘rab olingan. Bu esa lift uskunalarining o‘z vaqtida o‘rnatilishini kechiktirmoqda. Mazkur holatlarni bartaraf qilish maqsadida Urganch shahridagi “Ko‘hna qal’a” Mahallasi hududidagi 9 qavatli uylarda Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi va Xorazm viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi hamkorligida reyd tadbirlari o‘tkazildi. Hududiy inspeksiya xodilari tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni belgilangan muddatda buzdirish bo‘yicha uy-joy mulkdorlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatamalar berildi.
Eslatma: Hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan berilgan ko‘rsatmalar belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf qilinmasa, uy-joy mulkdorlariga nisbatan MJTKning 159-moddasi 1-qismiga asosan BHMning 5- barobaridan 10 barobarigacha jarima qo‘llashga sabab bo‘ladi.

